Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda gaz portladi. Xonadon egasining qizi halok bo‘ldi

Xorazmda gaz portladi. Xonadon egasining qizi halok bo‘ldi

2021-yil 8-yanvar kuni soat 03:41 da Xorazm viloyati, Xiva shahar, Islomxo‘ja ko‘chasi, 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Voqea joyida FVB yong‘in-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yong‘inda uy egasi Sh.E.ning yuz qismi, qo‘llari 22 foiz termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryodagi xonadonda gaz portlashidan ikki o‘smir halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring