Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buxoro» xalqaro aeroportida shartli terrorchilar qo‘lga olindi

«Buxoro» xalqaro aeroportida shartli terrorchilar qo‘lga olindi

Bugun «Buxoro» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiylari,  Milliy gvardiya, viloyat DXX va IIB boshqarmalari hamda  boshqa tuzilmalar hamkorligida maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «N»-sonli harbiy tuzilma xodimi ma’lum qildi.

Harbiy o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda huquq-tartibot organlari xodim va harbiylarining  xavf-xatarlar, jumladan, terrorchilar va qurolli guruhlarga qarshi tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, nafaqat shaxsiy tarkibning belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishi, balki  aholi hushyorligini oshirish tajribasi ko‘zlangan.

- «Buxoro» xalqaro aeroportida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulot jarayonida  yo‘nalishli samolyot qo‘nganda shartli terrorchilar tomonidan bir necha yo‘lovchi asirga olindi.  Harbiylar vaziyat beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat xavfsizligini saqlash choralarini mashq qildilar, - dedi DXX xodimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring