Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vodiyda dollar ayirboshlayotganlar qo‘lga olindi

Vodiyda dollar ayirboshlayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta qimmatliklarini ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.N. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro A.D.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Shu kabi, Yangiqo‘rg‘on tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi O.O. jami 3 400 AQSh dollarini fuqaro S.E.ga 38,7 mln so‘mga sotgan vaqtida departament va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring