Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda yong‘in. Uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarildi

Urganchda yong‘in. Uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarildi

Illyustrativ foto

Kecha tunda Urganch shahri Mahtumquli ko‘chasidagi xonadonlardan birida katta yong‘in sodir bo‘ldi. 

Olovni bartaraf qilish maqsadida Xorazm viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 3 ta bo‘linmasi safarbar qilingan. Bo‘linma voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgan va bir soat mobaynida ofatni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida xonadonning katta qismi va «Damas» avtomashinasiga jiddiy zarar yetgan. Hodisaning kelib chiqishiga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga Xorazm viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ham tezda yetib kelgan va ichkarida qolib ketgan  3 nafar voyaga yetmagan bolalarni qutqarish choralarini ko‘rishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring