Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch kun ichida mingga yaqin kishi vatanga qaytarildi

Uch kun ichida mingga yaqin kishi vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan 2020 yil 8-10-may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring