Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya jamoasi avtobusi YTHga uchradi, legioner futbolchi halok bo‘ldi

Turkiya jamoasi avtobusi YTHga uchradi, legioner futbolchi halok bo‘ldi

Yozef Shural.

Foto: «Focus»

Turkiyada «Alaniyaspor» futbol jamoasi avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi. YTH oqibatida chexiyalik futbolchi Yozef Shural halok bo‘ldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati «Facebook»da xabar berdi.

YTH Alaniya shahri yaqinida ro‘y bergan.

Avariya oqibatida 7 kishi jarohat olgan.

«Kayseri bilan o‘yindan qaytishda mikroavtobusimiz avariyaga uchradi, oqibatda yetti kishi jarohat oldi. Chexiyalik futbolchi Yozef Shural og‘ir jarohat bilan Alaniyadagi xususiy klinikaga yetkazildi. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring