Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunda yuz bergan ofatdan Bo‘kadagi xonadonning katta qismi zararlandi

Tunda yuz bergan ofatdan Bo‘kadagi xonadonning katta qismi zararlandi

Foto: FVV YoXBB

2019-yilning 1-noyabr kuni soat 01 dan 50 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Achamayli MFY Ziyoli ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lum qilishicha, voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

FVV YoXBB

Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borganda (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 7 km) alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar berilgani uchun uyning asosiy tom qirilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

FVV YoXBB

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:39 da o‘rab olinib, soat 04:05 da bartaraf etilgan. Yong‘indan uyning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan hamda alanganing qo‘shni uylarga tarqalishi oldi olingan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 250 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring