Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘ydan keyingi fojia

To‘ydan keyingi fojia

Foto: «IIV.UZ»

Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro S.K. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina Jizzax shahri «Yoshlik» mahallasida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro J.S.ni urib yubordi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Tezkor surishtiruvlar natijasida J.S. onasi bilan birga Forish tumanida yashovchi qarindoshining uyiga to‘yga kelgani, voqea joyidan 200-250 metr masofa uzoqlikdagi to‘yxonadan chiqib, maqsadsiz qorong‘i yo‘lga chiqib qolganligi hamda shifokorlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi mast holatda bo‘lganligi aniqlandi.

J.S. avariyadan keyin shifoxonaga olib borilib, unga tibbiyot xodimlari tomonidan kerakli tez tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan. Ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, jabrlanuvchi J.S. shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring