Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot qo‘na olmasdan, poytaxtga qaytib keldi

Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot qo‘na olmasdan, poytaxtga qaytib keldi

O‘zbekiston havo yo‘llarining Toshkentdan Namanganga uchgan yo‘lovchi samolyoti qo‘na olmasdan, poytaxtga qaytib keldi.

HY-669 reysi bilan Toshkent(TAS) - Namangan(NMA) yo‘nalishida uchgan a-320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan. Sovuq havo, quyuq tuman, gorizontal ko‘rish imkoni 600 metrdan kam, vertikal ko‘rish imkoni 60 metrdan kam bo‘lgan holatda samolyot ekipaji Toshkent aeroportiga qaytishga qaror qilgan.

Aynan shu sabablarga ko‘ra HY-669 Namangan(NMA) - Novosibirsk(OVB) va HY-670 Novosibirsk (OVB) - Namangan(NMA) - Toshkent(TAS) reyslari ham noma’lum vaqtga kechiktirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring