Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi kafega o‘t ketdi

Toshkentdagi kafega o‘t ketdi

Foto: FVV YoXBB

Kecha, 22-oktyabr kuni soat 10:30 da Toshkent shahri Yunusobod tumani 19-daha, T.Zoxidov ko‘chasi, 2-uyda joylashgan «Delfir» MChJga qarashli umumovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yog‘in soat 10:43 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida shoxobchaning 30 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan binoning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inga ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik qilingani sababi taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring