Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ta’qib: YPX xodimlari Lacetti’da qochgan qizni quvladi

Toshkentda ta’qib: YPX xodimlari Lacetti’da qochgan qizni quvladi

17-oktyabr kuni taxminan soat 22:35 da Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Ayvon” choyxonasi qarshisida YHXB YPX inspektori hushtak va jezl bilan Lacetti haydovchisini to‘xtatgan.

Haydovchi inspektorga bo‘ysunmasdan, katta tezlikda harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng YPX xodimi uni ta’qib qila boshlagan. Lekin haydovchi baribir to‘xtamagan.

U TXAY bo‘yicha harakatni davom ettirib, “Uch Qahramon” YPX postigacha yetib borgan, so‘ng Amir Temur va Yangi Shahar ko‘chalari kesishmasidagi aylana chorrahasida biroz vaqt qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan.

Nihoyat 20 daqiqalik ta’qibdan keyin avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova ko‘chasida (17-son shifoxona qarshisida) to‘xtatilgan. Birovning nomidagi mashinani 25 yoshli qiz boshqarib borgani aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2 ta moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, mashina jarima maydonchasiga joylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring