Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Spark»ni olib qochgan shaxs ko‘p vaqt o‘tmay ushlandi

Toshkentda «Spark»ni olib qochgan shaxs ko‘p vaqt o‘tmay ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

7-dekabr kuni taxminan soat 18:10 da Shayxontohur tumani IIO FMBga 45 yoshli Rixsitilla M. murojaat qiladi. U o‘z arizasida taxminan soat 17:00 da uyi yonida «Spark» rusumli avtomobilini qoldirganligini, uyda bir soat atrofida bo‘lib, uydan chiqqanida avtomobil yo‘qligini ko‘rib, 102 ga qo‘ng‘iroq qilganligini ma’lum qildi. Rixsitilla M. mashina kalitini avtomobil salonida, avtomobilni o‘zini esa ochiq qoldirganligi qo‘shimcha qiladi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, jinoyat qidiruv xodimlari videokuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib chiqishdi. Natijada g‘arazgo‘y olib qochilgan avtomobilda qayerga yo‘nalganligi aniqlandi.

«Spark» bir necha soatdan so‘ng Yunusobod tumanidagi kafe avtoturargohida topildi. Avtomobildan davlat raqamlari yechilgan, mashina kaliti ham yo‘q edi. 

Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari avtomobilni ko‘zdan kechirib, bir nechta barmoq izlarini topishdi. Olib borilgan daktiloskopik ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, bir nechta barmoq izlari qashqadaryolik 23 yoshli Farruh K.ga tegishli ekani aniqlandi. 

10-dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» bozorida patrul-post xizmati xodimlari Farruhni tanib, uni qo‘lga olishdi.

So‘roq davomida Farruh K. qilmishini tan olib, olib qochilgan avtomobilning davlat raqamini qayerga tashlaganini ma’lum qildi. Aytilgan joy ko‘zda kechirilganda avtomobil davlat raqamlari topilib, egasiga qaytarib berildi.

Farruh K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi («Transport vositasini olib qochish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring