Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda pichoq bilan ayol kishini quvlagan shaxs ushlandi

Toshkentda pichoq bilan ayol kishini quvlagan shaxs ushlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma’lum shaxs qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko‘rgan va ko‘ngilsizlikni oldini olish uchun oshiqqan.

Noma’lum erkak ayolga yetganda MG xizmatchisi jabrlanuvchini uni qo‘lidan ajratib olgan. Tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib to‘xtatilgan. Fuqarodan qo‘lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, u talabni bajarmasdan, xaqorat qilib, ularni o‘ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo‘liga ilingan narsalarni ota boshlagan. Fuqaro uni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog‘iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. rezina tayoqni ishlatishga majbur bo‘lgan. So‘ng tartibbuzarning qo‘lidagi pichoqni tortib olib, qo‘liga kishan solgan. Qo‘lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo‘limiga topishirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri mast holda o‘zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring