Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda noqulay ob-havo yetkazgan talafotlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Toshkentda noqulay ob-havo yetkazgan talafotlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qor yog‘ishi sabab ko‘plab daraxtlarning sinishi oqibatida elektr tarmoqlari va gaz quvurlarining shikastlanishi, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqida xabar qilingan edi.

Buning natijasida poytaxtning 44 ta elektr tarmoqlarida uzilishlar kuzatildi, 31 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilgan bo‘lsa, 13 ta holat kun davomida to‘liq bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Toshkent shahar matbuot xizmatining xabar berishicha, kun davomida barcha kuch va texnikalarni jalb qilgan holda ishlar olib borilib, elektr tarmoqlaridagi avariyalarning 10 tasi to‘liq bartaraf etildi va hozirda 3 tasi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda, bular:

Olmazor tumani, Qoraqamish 2/3-mavzesida soat 20:30da elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi;

Yunusobod tumani, 18-mavzeda to‘liq va 19 mavzeda qisman – 20:45da elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.

Gaz tarmoqdalaridagi jami 20 ta uzilishlarning barchasi bartaraf etildi.

Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlaridagi ichimlik suv ta’minotidagi uzilishlar va ichimlik suvi bosimi pasayish holati to‘liq bartaraf etildi.

Shahardagi 7 ta lokal qozonxonalar faoliyati to‘liq tiklanib, ular 148 ta ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazishni boshladi.

Shuningdek, kuchli qor yog‘ishi shahardagi mingdan ortiq daraxtlar va shoxlarning sinishiga sabab bo‘ldi.

Kechasi va bugun kun davomida ishlar olib borilib, 300 dan ortiq mashina va tirkamalarda shox-shabbalar olib chiqib ketildi. Mazkur ishlarga 2000 dan ortiq ishchilar va 100 ga yaqin texnikalar jalb qilindi.

Kommunal xizmatlarning og‘ir sharoit yuzaga kelishiga shay turishiga hamda puxta ko‘rilgan tayyorgarlik ishlariga qaramay hozirgi kunga kelib, shoh ko‘chalar, ko‘chalar va mavzelar ichidagi singan daraxtlar va shoxlarning olib chiqib ketilishiga yana kamida ikki kun talab etiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring