Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Matiz» va «MAN» to‘qnashuvidan ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda «Matiz» va «MAN» to‘qnashuvidan ikki kishi halok bo‘ldi

2019-yil 13-iyul kuni soat 03.30larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasida yashagan 35 yoshli T.N. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinasini Yangi Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi T.N. va uning yo‘lovchisi, Yunusobod tumani 18-dahada yashagan 32 yoshli J.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etishgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring