Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avval ishlatilgan niqoblarni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkentda avval ishlatilgan niqoblarni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 17-mart kuni poytaxtimizda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Ushbu tadbirlar davomida 62 ming 785 dona, umumiy qiymati 123 million 800 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan (avval ishlatilgan yoki stirellanganligi noma’lum bo‘lgan) tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi.

Ayni kunlarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari ham olib borilmoqda.

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev mavjud vaziyatda narxni asossiz oshirganlarni tanqid qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring