Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Labo» reklama ustuni bilan to‘qnashdi: yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi

Toshkentda «Labo» reklama ustuni bilan to‘qnashdi: yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi

Poytaxtda «Labo» yengil yuk mashinasi reklama ustuniga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 11-avgust kuni soat 11.30 lar atrofida 102 raqamiga Chilonzor tumanining Bunyodkor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, 20 yoshli haydovchi Asadbek N. «Labo» yengil yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, reklama ustuni bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida tan  jarohatlari olgan haydovchi shifoxonaga yetkazildi. Yo‘lovchi — Toshkent viloyatilik 31 yoshli Bekzod S. olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring