Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda keksa ayolni 50 ming «ko‘kiga» tushirganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshkentda keksa ayolni 50 ming «ko‘kiga» tushirganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshket shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 13-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2018-yil 6-iyun kuni 39 yoshli muqaddam sudlangan Nurilla A. va 46 yoshli Xasan N.lar 74 yoshli Malika A.ga hamkorlikda biznes qilishni va’da qilib, uy qurilishi uchun pul kerakligini ma’lum qilishgan.

«Quruvchilarga» ishongan ayol ularga jami 50.000 AQSh dollari miqdoridagi pulni bergan.

Ammo, Nurillo va Xasan va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring