Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ikki «Kaptiva» yo‘lga «sig‘madi»

Toshkentda ikki «Kaptiva» yo‘lga «sig‘madi»

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27-may kuni soat 12:45 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus - Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida 1987-y.t. S.S. (erkak) boshqaruvidagi «Kaptiva» rusumli va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982-y.t. A.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan «Kaptiva» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, haydovchi A.M. boshqaruvidagi «Kaptiva» ag‘darilgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring