Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yer silkinishi kuzatildi

Toshkentda yer silkinishi kuzatildi

Bugun, 4-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 02:59 da (03.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 21:59 da) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 41,7 gradus shimoliy kenglik; 69,62 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 59 km shimoliy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida faqat Toshkentda 3 ball atrofida kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring