Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

24-noyabr kuni  Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobusi yong‘in yuz berdi.

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi.

Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq baratraf etildi. Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi tahmin qilinmoqda. Jabrlanganlar yo‘q, yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring