Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent. Qotillikda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahkum qochib ketdi!

Toshkent. Qotillikda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahkum qochib ketdi!

Toshkentdagi manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qochib ketgani rost bo‘lib chiqdi. Buni «Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

H.Shamsutddinovga ko‘ra, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 51-sonli manzil koloniyada saqlangan mahkum O.A. Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi «Uy joy qurilish» MChJ ish ob’yektida shartnoma asosida ishlab kelayotgan edi. U 27.07.2019-yil kuni o‘zboshimchalik bilan o‘talmay qolgan jazo muddatini o‘tashdan bo‘yin tovlab, ish ob’yektini tashlagan holda noma’lum tomonga ketib qolgan.

Hozirgi vaqtda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Alohida ta’kidlash kerak: mahkum O. A. 2006-yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v»,«i»,«g» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni ta’magirlik niyatida qasddan o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring