Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida shubhali buyum sabab poyezdlar harakatida to‘xtatilish yuz berdi

Toshkent metrosida shubhali buyum sabab poyezdlar harakatida to‘xtatilish yuz berdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent metrosida kecha, 30-oktyabr kuni soat 16:50 da vagonlardan birida shubhali buyum aniqlangani sababli «Buyuk ipak yo‘li» bekatida poyezdning yo‘nalishga chiqishi bekor qilingan. Poyezd harakati 3 daqiqadan keyin tiklangan. Bu haqda poytaxt metrosi ma’muriyati xabar berdi.

Shuningdek, shu kuni soat 14:59 da Chilonzor yo‘nalishining «Mirzo Ulug‘bek» bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar poyezd vagonlaridan bekatga chiqarilgan. 

Ma’lum qilinishicha, harakat tarkibi ishlamay qolgan va buning oqibatida poyezdlar harakati 7—8 daqiqaga to‘xtab qolgan.

Toshkent metropoliteni ma’muriyati o‘z xabarida vujudga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring