Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent yer usti metro yo‘lida ilk sinov qatnovi tasvirga olindi (video)

Toshkent yer usti metro yo‘lida ilk sinov qatnovi tasvirga olindi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yer usti halqa metro yo‘lida poyezdining ilk harakatlanishidan videolar e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toshkent metrosi qurilishida 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 

Shundan uzunligi 6,8 kilometr, umumiy qiymati – 170,1 mln AQSh dollari bo‘lgan Sergeli liniyasi 2019 yil oxiriga qadar qurib foydalanishga topshirilishi ma’lum qilingan edi.

«Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi» loyihasining esa umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, uzunligi 2,93 kilometrdan iborat. Qurilish ishlari joriy yilda to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalishda bekatlar soni 2 ta (Yunusobod va Turkiston) bo‘lib, ularning o‘rtacha oralig‘i 1,43 km. Platformalarning uzunligi 102 metrni tashkil etib, elektropoyezdlar ikki tomonlama harakatlanadi.

Uchinchi loyiha bu yer usti metro halqa yo‘li qurilishi bo‘lib, uning umumiy uzunligi 54,8 kilometrni tashkil etadi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyiha olti bosqichda amalga oshiriladi. Ushbu metro liniyasida 35 ta bekat quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring