Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent - Yekaterinburg samolyoti zaxira aerodromiga qo‘ndirildi

Toshkent - Yekaterinburg samolyoti zaxira aerodromiga qo‘ndirildi

Bugun, 10 oktyabrda Toshkent - Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha HY661 qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tyumen shahridagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Samolyotning zaxira aerodromiga yo‘naltirilishiga Yekaterinburg shahridagi «Kolsovo» aeroportida yuzaga kelgan holat sabab bo‘lgan. Xabar qilinishicha, «Kolsovo» aeroportiga An-12 harbiy-transport samolyoti shoshilinch tarzda qo‘ndirilish chog‘ida yong‘in kelib chiqqan. Samolyotning g‘ildiragi ochilmay qolgan va qo‘nish chog‘ida favqulodda holat yuzaga kelgan. Yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilgani xabar qilinmoqda.

Aeroport faoliyati qayta tiklangandan so‘ng HY661 qatnovini amalga oshiruvchi samolyot Yekaterinburg tomon yo‘l oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring