Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV: Rossiyada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagan shaxs qamoqqa olindi

TIV: Rossiyada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagan shaxs qamoqqa olindi

Skrinshot

OAVda voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sodir bo‘lgan zo‘rlash to‘g‘risida xabar tarqaldi. Shu munosabat bilan mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masala nazoratga olinganini ma’lum qilgan.

2019-yil 15-oktyabr kuni Bosh konsul Fariddin Nasriyev Rossiya IIV Ufa shahri boshqarmasining Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga borgan va jabrlangan hamyurtimizning onasi va uning advokati bilan suhbatlashdi, mahalliy tergov organlariga rasmiy murojaat qildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi K.T.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olish chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring