Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV Kanadada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlik voqeasi yuzasidan ma’lumot berdi

TIV Kanadada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlik voqeasi yuzasidan ma’lumot berdi

Asli o‘zbekistonlik, AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragani va natijada 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, asli o‘zbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir bo‘lgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Ayni paytda Kanada ma’murlari bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatida vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va Texas shtatidagi (AQSh) o‘zbek diasporasi bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.

2-dekabr kuni O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Elchixonaga butun dunyodan ta’ziya so‘zlari yetib kelmoqda. Kanadaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviafalokatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Elchixonasi sa’y-harakatlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring