Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi xonadondan 21 kilogramm marixuana topildi

Termizdagi xonadondan 21 kilogramm marixuana topildi

Termizda giyohvand moddalarni noqonuniy o‘stirish va saqlash holati aniqlandi, deya xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi xizmati matbuot xizmati.

Olingan tezkor ma’lumotlarga asoslanib, Spark avtomashinasi to‘xtatilib haydovchi va mashinaning ichki qismi guvohlar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi. Fuqaroning yonida 14ta qog‘oz o‘ramda narkotik moddalar borligi aniqlandi va 18 gramm miqdoridagi marixuana daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Gumonlanuvchining ko‘rsatmalaridan sung, tezkor guruh Termiz tumanida istiqomat qiluvchi boshqa bir shaxsning uyida tintuv o‘tkazib, honadonda begona ko‘zlardan yashirilgan kenivir butasi topilgan, undan tashqari 21 kilogramm marixuana saqlanayotgan polietilen paketlar hamda gugurt qutilari musodara qilindi.

Holat yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring