Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Spark» ikki ayolni urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi

«Spark» ikki ayolni urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi

Foto: Tergov departamenti

Samarqandda shu yilning 22-dekabr kuni taxminan soat 23:30larda haydovchi 30 yoshli A.Z. o‘z boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasini Jomboy tuman «Sarichashma» MFY hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 4 km.da «Eshimoqsoq-Jomboy» yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R. va Z.R.larni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Natijada piyoda F.R. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan, Z.R. esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring