Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sof inglizcha qotillik»da o‘ynagan aktrisa avtobus g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

«Sof inglizcha qotillik»da o‘ynagan aktrisa avtobus g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

Foto: «Daily Mail»

Aktrisa Jeyn Heyuord Britaniyada ikki qavatli avtobus urib ketishi oqibatida 69 yoshida halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Daily Mail».

Heyuord «Sof inglizcha qotillik» serialidagi (1984—2010-yillar) roli bilan tanilgan edi.

Britaniyaning Rikmansuort shahrida yuz bergan noxush voqeaga keksayib qolgan aktrisaning chap tomonlama yo‘l qoidasiga ko‘nikmagani sabab qilib ko‘rsatilgan: u yo‘lni kesib o‘tishda avval o‘ngga emas, odatiga ko‘ra chapga qaragan. Qolaversa, Heyuord yo‘lni svetoforning taqiqlovchi signali yonib turganida kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Ekspertiza natijalari Heyuord ko‘plab olingan jarohatlar oqibatida dunyodan ko‘z yumganini ko‘rsatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring