Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryodagi bankda katta miqdorda qalbaki yevro valyutasi aniqlandi

Sirdaryodagi bankda katta miqdorda qalbaki yevro valyutasi aniqlandi

«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 000 YeVRO miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring