Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda yuk mashinalari to‘qnashib ketdi

Sirdaryoda yuk mashinalari to‘qnashib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27-mart kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida ikki yuk mashinasining to‘qnashuvi yuz berdi.

Haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan S.Ya. boshqaruvidagi «Kamaz-5410» rusumli hamda haydovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvida bo‘lgan «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobillarining zarb bilan urilishi oqibatida «Kamaz-5410» ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring