Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda fojia: is gazi sabab 2 kishi vafot etdi

Sirdaryoda fojia: is gazi sabab 2 kishi vafot etdi

Bugun, 26-fevral kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida xonadonga o‘rnatilgan «AGV» isitish pechidan sizib chiqqan is gazi oqibatida 2 nafar fuqaro: 2000-yilda tug‘ilgan S. K. va 2004-yilda tug‘ilgan S.Sh.lar zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi vaqtda, holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

17-fevral kuni viloyatning Sardoba shaharchasida bir oilaning olti nafar a’zosi yong‘in sabab halok bo‘lgandi.

Shuningdek, 25-fevral kuni Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida ham ikki kishi is gazi tufayli vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring