Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shofirkon IIB bangi fuqaroni qo‘lga oldi

Shofirkon IIB bangi fuqaroni qo‘lga oldi

Shofirkon tumani IIB tomorqasida 39 tup kannabis o‘simligini yashirincha saqlab kelayotgan fuqaroni qo‘lga olgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matubot xizmati ma’lum qildi.

Fuqaro uyidan yana bir qancha marixuana ham chiqqan. Jumladan, elektrochoynak qutisi ichida sof vazni 29,68 grammga teng marixuanna, 26 dona gugurt qutida 29,68 gramm, polimer paketlarga alohida solingan sof vazni 53,35 gramm va 14,69 grammga teng giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan JKning 270-moddasi 1-qismi 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring