Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sheroboddagi avariyada ikki kishi vafot etdi

Sheroboddagi avariyada ikki kishi vafot etdi

Foto:«Izvestiya»

7-oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Postda» nashri xabar berdi.

Shu kuni 14:20larda Chorbog‘ mahallasida yashagan K. T. o‘z boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani Oqtosh qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotadi va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro O.B. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida «Lasetti» avtomashinasida yong‘in kelib chiqadi.

Natijada «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi K. T. va uning yo‘lovchisi, Sherobod tumani Chorbog‘ mahallasida yashovchi U. M. kuyish jarohati olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi. «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi O. B. va ikki yo‘lovchisi esa kasalxonaga yotqiziladi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring