Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi»(mi)? Rasmiy izoh berildi

«Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi»(mi)? Rasmiy izoh berildi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi

28-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda «Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqatilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasiga ko‘ra, 27-yanvar kuni Shahrisabz tumani, Chorshanbe qo‘rg‘onchasi hududida xodimlar E.Qo‘ziyev va M.Doniyorovlar xizmat davomida, avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan 3.27. «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtab turgan bir necha haydovchilarga chora ko‘rgan.

Haydovchilar  esa e’tiroz bildirishgan, natijada atrofdagi boshqa haydovchilar ham to‘plangan.

«Fuqarolar tomonidan olingan video tasvirga «Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi» sarlavhasi noto‘g‘ri berilib, norasmiy sahifalarda asossiz tarqatilgani»- , deyiladi munosabatda. 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring