Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelida IIB xodimi pichoqlandi

Sergelida IIB xodimi pichoqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentning Sergeli tumanida  ichki ishlar xodimi pichoqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra voqelik 30-mart kuni qoq peshinda sodir bo‘lgan. Ya’nikim,  Sergeli tuman IIO FMB JQB katta tezkor vakili B.Xudayqulov  shu tumanda istiqomat qiluvchi  M. A.ga (1996-yilda tug‘ilgan) nisbatan (o‘z xotini tomonidan) yozilgan shikoyatni o‘rganish uchun uning yashash xonadoniga boradi. Bu paytda M. A. mast holatda bo‘lib, boz ustidan ariza yozilganini (turmush o‘rtog‘i uni og‘ir jinoyatda ayblagandi) bilgach, tamoman quyushqonda chiqib ketadi. Buning natijasida u oshxona pichog‘i bilan IIB katta tezkor vakiliga  hujum qilib, uning chap ko‘krak pastki qismi va qorin sohasiga (ikki marotaba urib) tan jarohatlari yetkazadi.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda M.A. hibsda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring