Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi YTHda chet el fuqarosi vafot etdi

Samarqanddagi YTHda chet el fuqarosi vafot etdi

Foto:«Tergov.uz»

Tojikiston fuqarosi E.N. «Opel» rusumli avtomashinasida ketayotgan vaqtida uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa Buxoro-Samarqand yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring