Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Samarqandda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Joriy yilning 12-noyabr kuni Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida yashagan Xamid T. (1986-y.t. yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Dilorom V. (1994-y.t., uy bekasi) bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Natijada u xotinini ko‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokururatura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring