Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda suyultirilgan gaz portlashi oqibatida 7 ta transport vositasi yonib ketdi

Samarqandda suyultirilgan gaz portlashi oqibatida 7 ta transport vositasi yonib ketdi

Bugun, 2019 yil 20 noyabr kuni soat taxminan 03:30larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand-G‘uzor A-378 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida joylashgan «Timur GAZ» MChJga tegishli avtomashinalar turargohida harakatsiz turgan, suyultirilgan gaz tashishga mo‘ljallangan «MAN» rusumli yuk atomashinasida noma’lum sabalarga ko‘ra yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in yukxonaga o‘tib avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlashi oqibatida ushbu avtoturargohda turgan boshqa transport vositalariga ham o‘t ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Natijada, suyultirilgan gaz tashish uchun mo‘ljallangan 2 ta «MAN» va 1 ta «ZIL» rusumli avtomashinalar hamda «DAF» va «ZIL» rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek «HYUNDAI» rusumli ekskavator yonib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi, FVV xodimlari va tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra haydovchilarning bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan, qurbonlar yo‘q. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring