Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sel «Damas»ni oqizib ketdi (video)

Samarqandda sel «Damas»ni oqizib ketdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilinishicha, kecha, 21-aprel kuni Samarqanddagi tumanlarning birida kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan sel «Damas» avtomobilini oqizib ketgan.

Internetda tarqalgan videoda «Damas»ning oqib ketayotgani va uning ortidan mashina egasi yugurib borayotganini ko‘rish mumkin.

Bu yil yuzaga kelayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yurtimizning tog‘li hududlarida sel holatlari yuzaga kelib, aholi mol-mulkiga turli darajada talofatlar yetkazmoqda.

Sel kelganda qanday harakat qilish qoidalari haqida avvalroq ma’lumot berib o‘tgandik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring