Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kuchli shamol shahardagi bayram archalarini buzib yubordi

Samarqandda kuchli shamol shahardagi bayram archalarini buzib yubordi

Foto:zarnews.uz

20-dekabrdan 21-dekabrga o‘tar kechasi esgan kuchli shamol tufayli Samarqand shahridagi qator reklama pannolari, ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilgan joyidan tushib ketishi, yirtilishi kabi holatlar kuzatildi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi axborot xizmati.

Qayd  etilishicha, So‘lim shaharchasi va boshqa ba’zi hududlarda bezatilgan bayram archalari asosi egilib qoldi.

«Ayni paytda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, archalar karkaslarini ta’mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda. Kun davomida Yangi yil archalari ta’mirlanib, o‘z o‘rnida qayta o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar dastur asosida davom ettiriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring