Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand shahrida gaz portlashidan xonadon bekasi halok bo‘ldi

Samarqand shahrida gaz portlashidan xonadon bekasi halok bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB

2019-yilning 29-oktyabr kuni soat 08:17 da Samarqand shahri Zafar ko‘chasida joylashgan 4-uyning 7-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Foto: FVV YoXBB

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, hodisaga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 08:25 da o‘rab olingan va soat 08:50 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kv.metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni bartarf etish vaqtida 1952-y.t. uy bekasi fuqaro R.G.kuygan holda jasadi topilgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yuqorida ko‘rsatilagan manzilda gaz uskunalalarini o‘rnatish qoidalariga bo‘zilganligi ma’lum bo‘lgan.

Yong‘inni taxminiy kelib chiqishiga xonaga to‘planib qolgan tabiiy gaz hidini sezmagan uy bekasi elektr tarmog‘idan foydalanishi oqibatida uchqundan chaqnash sodir bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring