Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda chuqur jarlikka qulagan «Epika» haydovchisi va yo‘lovchisi omon qoldi (video)

Samarqandda chuqur jarlikka qulagan «Epika» haydovchisi va yo‘lovchisi omon qoldi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

30-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda katta tezlikda kelayotgan mashina balandligi 20 metrlik ko‘prikdan pastga qulab tushgani voqeasi bilan bog‘liq video tarqalgandi.

Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida sodir bo‘lgan ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat YHXB quyidagilarni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Zarnews.uz»

Qayd etilishicha, 2019-yil 1-oktyabr kuni tungi soat 00.30 larda Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida haydovchi — 1995-yilda tug‘ilgan, Bog‘imaydon-2 mahallasida yashovchi Dilshod Davronov boshqaruvida bo‘lgan «Epika» rusumli, 30 Q 104 LA davlat belgili avtomashinasining boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan haydovchi hamda yo‘lovchi – 1994-yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri Bog‘imaydon-2 mahallasida yashovchi Doniyor Ahadov tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring