Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rassrochka»ga olingan Lacetti «qulog‘ini ushlab ketdi»

«Rassrochka»ga olingan Lacetti «qulog‘ini ushlab ketdi»

Avgust oyida Muhiddin A. tanishi Zayniddin A.dan Lacetti avtomobilini 2 yil davomida muddatli to‘lov evaziga xarid qilish istagini bildirgan.

Ular o‘zaro narxni 11 100 AQSh dollariga kelishib, dastlabki to‘lov tariqasida Muhiddin 1500 dollar to‘lagan. Qolgan mablag‘ni esa Muhiddin ikki yil davomida har oy 400 AQSh dollarida to‘lashi kerak edi.

Ammo avtomobilni olgach, Muhiddin o‘z va’dasiga xilof tarzda sentyabr oyida mashinani 43 yoshli Xayrulla R.ga sotib, Zayniddinga qolgan mablag‘ni to‘lamasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Bu haqda jabrlanuvchi 16 oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan.

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring