Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasmiy xabar: Angrenda «Damas» poyezd vagoni ostida qoldi. Qurbonlar bor

Rasmiy xabar: Angrenda «Damas» poyezd vagoni ostida qoldi. Qurbonlar bor

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 10-sentyabr kuni tongda «Xabar.uz» muxbirlari Angren shahridan o‘tadigan trassasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganini xabar qilishgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi.

2019-yil 10-sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘li 173 kmning «Obliq» temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli «Angren Oltin saralash fabrikasi»ga olib boruvchi temir yo‘l shaxobchasining (pod’yezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

«Toshkent-Vodiy» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan «SAMS» rusumli d/r 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi  A-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 173 kmda xaydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning  8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan «Damas» rusumli, d/r 50 W 363 MA avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, «Damas» avtomobilda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, «SAMS» rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring