Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyichirchiqdagi portlashning yangi tafsilotlari ochiqlandi

Quyichirchiqdagi portlashning yangi tafsilotlari ochiqlandi

Foto:«Tergov.uz»

Kuni kecha Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, «Surun» MFY hududida joylashgan namunali uylarning birida kelib chiqqan yong‘in natijasida 2 nafar shaxs vafot etgani ma’lum bo‘lgandi.

IIV  huzuridagi tergov departamenti mazkur voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berdi. 

Unga ko‘ra, yong‘in is gazi sizib chiqishi sababli to‘planib qolgan gaz aralashmasi portlashi oqibatida kelib chiqqan.

Xonadonda yashovchi 36 yoshli K.R. va qaynonasi 65 yoshli Q. M. hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, portlash natijasida, K.R.ning turmush o‘rtog‘i 34 yoshli P.X., va uch nafar voyaga yetmagan farzandi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Quyichirchiq tumani prokuraturasi voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring