Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 2-avgust Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda 4 kishi, jumladan 2 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari F.T. va D.A. voqea joyida halok bo‘lgan.

Uchinchi o‘zbekistonlik R.J. olgan jarohatlaridan Chimkent shahar shifoxonasida vafot etdi.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgani va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatayotgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring