Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi portlashda o‘zbekistonlik jarohatlandi

Qozog‘istondagi portlashda o‘zbekistonlik jarohatlandi

Kecha, 6-oktyabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan.

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning sog‘ligi barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatgan hamda bemorni O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring