Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda yuz bergan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda yuz bergan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Mamlakatimizning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yil 4 aprel kuni Qozog‘istonning Olma-ota viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1986 yil 16 sentyabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Xudoyor Jumanazarov halok bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. Marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natildi va dafn etildi.

«Hozirgi vaqtda YTH aybdoriga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi materiallarini sudda ko‘rib chiqish uchun prokuraturaga jo‘natish rejalashtirilmoqda va shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan marhumning qarindoshlari xabardor qilindi. Zarurat tug‘ilsa, ularga bo‘lajak sud majlisida ishtirok etishlarida yordam ko‘rsatiladi»,-deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring